Fabio Kannavaro: Yo'q-yo'q, Salohni alohida ushlash uchun reja tuzishni iloji yo'q
O'zbekiston bosh murabbiyi Misr bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: UFA
Himoya hamda darvoza chizig'i sizni qanchalik qoniqtiryapti va Salohni alohida ushlash bo'yicha reja ishlab chiqqan edingizmi, deb berilgan savolga javob berdi.
“Yo'q-yo'q, Salohni alohida ushlash uchun reja tuzishni iloji yo'q. Bunday o'yinchilarni faqat jamoa bo'lib o'ynagan holda imkoniyatlarini kamaytirish mumkin. Darvozabon masalasida to'psiz holatda juda ham yaxshi ishlayapti.
Lekin bunday terma jamoalarga qarshi raqibni tepmasligini kutsak adashamiz, ular baribir tepishadi. Albatta juda ham qiynalgan vaziyartlarimiz bo'ldi. Ularga ham tepish uchun bergan holatlarimiz bo'ldi. Raqib juda ham xavfli bo'lgan imkoniyat yarata olmadi. Bu men uchun juda ham muhim edi”,-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor