locale OZ

Fabio Kannavaro: «O‘zbekiston terma jamoasidan mamnunlik va hatto faxr tuyg‘usini his qilyapman»

Italiyalik mutaxassis La Gazzetta dello Sport nashriga intervyu berdi.
Fabio Kannavaro: «O‘zbekiston terma jamoasidan mamnunlik va hatto faxr tuyg‘usini his qilyapman»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, "Oltin to‘p"ning sobiq sohibi Fabio Kannavaro jamoa bilan olib borilgan ishlardan mamnun ekanini bildirdi.

"So‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlar ekanman, O‘zbekiston terma jamoasidan mamnunlik va hatto faxr tuyg‘usini his qilyapman.

Biz katta yo‘lni bosib o‘tdik, jiddiy avlodlar almashinuvini amalga oshirdik. Futbolchilarning o‘rtacha yoshini sezilarli darajada pasaytirdik va ajoyib natijalarga erishdik.

Biz uchrashuvlarda osonlik bilan g‘alaba qozondik. Hatto mag‘lubiyatga uchragan paytlarimizda ham o‘z o‘yinimizdan mamnun holda maydonni tark etdik", — deya Kannavaroniнг so‘zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting