locale OZ

Fabio Kannavaro Olmaliqqa tashrif buyurdi

Milliy jamoa bosh murabbiyini OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzayev kutib oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Fabio Kannavaro Olmaliqqa tashrif buyurdi
photo: OKMK fk

Superliganing markaziy uchrashuvi — OKMK FK va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi (1:1) qizg‘in bahsni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bevosita stadiondan kuzatdi. Italiyalik mutaxassis Olmaliq shahridagi futbol muhitidan, muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi va o‘yin sur’atidan katta taassurot olganini bildirdi.

Uchrashuv tanaffusida OKMK FK bosh direktori Bahodir Mirzayev mehmonni iliq kutib olib, Olmaliq-kon metallurgiya kombinatini aks ettiruvchi esdalik sovg‘alarini taqdim etdi. Shuningdek, Kannavaroni klubning kelgusi uy uchrashuvlariga ham tashrif buyurishga taklif qildi.

O‘z navbatida Fabio Kannavaro bugungi bellashuv yuqori saviyada tashkil etilganini, har ikki jamoaning o‘ziga xos o‘yin uslubi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi muxlislar uchun zavqli tomoshani taqdim etganini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekiston futbolida yosh iste’dodlar soni ortib borayotganini, bu esa milliy terma jamoa istiqboli uchun muhim omil ekanini qayd etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting