Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi a’zolari bilan birgalikda Qarshi shahriga tashrif buyurdi
Tashrifdan maqsad — “Nasaf” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadionda kuzatish edi.
photo: Nasaf fk
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi a’zolari bilan birgalikda Qarshi shahriga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad — “Nasaf” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadionda kuzatish edi.
Mehmonlarni jamoamiz prezidenti Shuhrat Aslanov boshchiligidagi “Nasaf” klubi rahbariyati samimiy kutib oldi va ularga klub faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.



Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor