locale OZ

Fabio Kannavaro CSKA bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fabio Kannavaro CSKA bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
Photo: Getty Images

CSKA Fabio Kannavaro bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar beradi Nikola Skira.

Qayd etilishicha, Moskva klubi 51 yoshli murabbiyga 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan.

Avvalroq Moskva klubi prezidenti Evgeniy Giner shaxsan italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroni bosh murabbiy etib tayinlashdan manfaatdor ekani haqida ma'lumot tarqalgan edi.

2024/25-yilgi mavsumda armiyachilarni Marko Nikolic boshqargan edi. Serbiyalik mutaxassis Rossiya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng o‘z lavozimini tark etib, AEKga o‘tdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting