Fabio Cannavaro Qarshidagi futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
Italiyalik mutaxassis bugun Gʻuzorga boradi.
Fabio Cannavaro Qarshidagi futbol akademiyasiga tashrif buyurdiФото: ЎФА
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Cannavaro murabbiylar shtabi bilan birga Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasiga bordi.
Ular akademiyada yosh futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mashg‘ulot jarayonlarini kuzatishdi.
Fabio Cannavaro yosh futbolchilarga oʻz tajribasi asosida foydali tavsiyalar berib, tinimsiz mehnat qilish zarurligini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, italiyalik mutaxassis “Mash’al” va “Xorazm” uchrashuvini kuzatish uchun Gʻuzorga boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist