Fabio Borini 35 yoshida faoliyatini yakunladi
U «Solford Siti» safidagi so‘nggi rasmiy o‘yinini 2026-yil 25-mayda o‘tkazgan.
Фото: Getty Images
Italiyalik futbolchi Fabio Borini 35 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qildi.
Hujumchi faoliyati davomida Angliya va Italiyaning qator klublarida to‘p surgan. Borini «Chelsi», «Suonsi», «Liverpul», «Sanderlend», «Milan», «Verona» hamda «Sampdoriya» kabi jamoalar safida o‘ynagan. Fabio Borinining so‘nggi jamoasi — «Solford Siti» bo‘lgan. U 2025-yilda klubga qo‘shilgan va 2026-yil 30-iyunda shartnomasi yakunlangan. Shundan keyin erkin agent maqomida bo‘lgan.
U «Solford Siti» safidagi so‘nggi rasmiy o‘yinini 2026-yil 25-mayda o‘tkazgan.
Borini o‘zining so‘nggi klubi bilan xayrlashgach, 35 yoshida futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yishga qaror qildi.