Evropa Superkubogi o‘yinini portugaliyalik hakamlar boshqarishadi
Photo: Getty Images
PSJ va Tottenhem o‘rtasidagi Evropa Superkubogi bahsiga portugaliyalik hakamlar tayinlandi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi
Qayd etilishicha, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi bellashuv 13 avgust kuni Udinedagi “Friuli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bosh hakam vazifasini Joau Pedru Pineyru bajaradi. Unga Brunu Migel Alvish Jezush va Lusianu Maya assistentlik qilishadi.
Tiagu Martinsh VAR hakami bo‘lsa, unga Fabiu Melu va niderlandiyalik Pol van Bukel yordam berishadi.
To‘rtinchi hakam ozarbayjonlik — Elchin Mesiev.
Bahrom Bobonov
Redaktor