Evropa Konferensiyalar Ligasi: 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final uchrashuvlari
Evropa Konferensiyalar Ligasi: 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final uchrashuvlari
1 maydan 2 mayga o‘tar kechasi Evropa Konferensiyalar Ligasi 2024/2025 yilgi mavsumining yarim final bosqichiga start beriladi. Turnirning hal qiluvchi bosqichiga chiqish uchun Ispaniya, Italiya, Shvetsiya va Angliya klublari o‘zaro kuch sinashadi.
Yarim final uchrashuvlari (Toshkent vaqti bilan):
22:00 — «Betis» (Ispaniya) vs «Fiorentina» (Italiya)
22:00 — «Yurgorden» (Shvetsiya) vs «Chelsi» (Angliya)
Javob uchrashuvlari 8 may kuni bo‘lib o‘tadi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, finalga yo‘llanmalar aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempion — «Fiorentina»ni finalda mag‘lub etgan va sovrinni qo‘lga kiritgan «Olimpiakos» (Gretsiya) jamoasi hisoblanadi. O‘sha finalda g‘alaba golini marokashlik Ayub El-Kaabi urgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor