Evropa Chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib chiqishini aytishdi
Opta bu boradagi taxminlarini e’lon qildi.
ФОТО: Getty images
Statistikaga ixtisoslashgan Opta markazi mutaxassislari superkompyuter yordamida Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumida qaysi jamoa g‘olib chiqishini hisoblab chiqdi.
Unga ko‘ra, "Liverpul"ning g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori baholandi. Sun’iy intellekt Arne Slot jamoasining g‘alabasiga 20,4 foiz ko‘rsatkich berdi.
Keyingi natija “Arsenal”ga tegishli bo‘lib, londonliklarning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 16 foizga tengligi aytilmoqda.
Amaldagi chempion “Pari Sen-Jermen”ning chempionlikni saqlab qolish imkoniyati 12,1 foizga teng ekan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist