locale OZ

Evra: \"Hozir aniq qamalgan bo'lar edi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Evra: "Hozir aniq qamalgan bo'lar edi"
PHOTO: Telegram

“Manchester Yunayted” afsonaviy himoyachilaridan biri Patris Evra Ser Aleks Fergyuson haqida fikr bildirdi:

“”Agar hozir Fergyuson murabbiy bo‘lganida, aniq qamoqqa tushgan bo‘lardi. Nimalar qilishi mumkinligini o‘ylasam, bunga shubha qilmayman.

Esimda, Saudiya Arabistonida o‘rtoqlik o‘yinida tushgandik va yoshlardan Uelbek ham chaqirilgandi. Penalti ishladik. Ueyn to‘pni Uelbekka berdi, ammo u qiyshiq tepdi. Biz yutqazdik, ammo bu shunchaki 45 daqiqalik o‘rtoqlik o‘yini edi.

Yechinish xonasiga kirganimizda, Fergyuson “Uelbek, Uelbek” deb baqirib kela boshladi. U tinmay Uelbekni axtarar, u bechora esa men bilan tualetda edi. Tasavvur qiling, Denni tualetda hojatini chiqaryapti, tashqarida esa Fergi tinmasdan “o‘zingni kim deb o‘ylayapsan o‘zi, birinchi jamoaga kelib penalti tepasanmi?” deb rosa so‘kinish bilan band.

Men bossni xotirjam qilishga urindim – “Ser, bu axir o‘rtoqlik o‘yini xol..”

U gapimni bo‘ldi – “Menga baribir, o‘rtoqlikmi boshqami, bunday qilishga haqqing yo‘q”",-deb eslaydi fransiyalik futbolchi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting