locale OZ

\"Everton\" Uoker bo‘yicha muzokaralarga kirishdi

Futbolchi huquqiy tomondan "Siti"ga tegishli
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Everton" Uoker bo‘yicha muzokaralarga kirishdi
Photo: Getty Images

Kyle Uoker faoliyatini “Everton”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

35 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni “Milan”da ijarada o‘tkazdi. Biroq u “rossonerilar”da qolmasligi aniq bo‘ldi.

O‘z navbatida, “Manchester City” ham Uoker bilan xayrlashmoqchi. “Everton” esa Kaylni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Klub allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqa o‘rnatgan.

Uoker o‘tgan mavsumda “Milan” safida A Seriya klubi tarkibida 14 o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining transfer qiymati 5 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting