locale OZ

\"Everton\" Kin bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Everton" Kin bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images

“Everton” himoyachi Maykl Kin bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.

Liverpul klubi 32 yoshli futbolchi bilan kelishuvni 2026 yilning yozigacha uzaytirdi. Futbolchining haftalik maoshi esa biroz oshirildi. Biroq aniq summa hanuz oshkor qilinmagan.

Angliyalik futbolchi 2017 yildan beri merseysaydlilar safida to‘p surmoqda. U o‘tgan mavsumda APLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.

Kin “Manchester United” tarbiyalanuvchisi sanaladi. U faoliyati davomida “Burnley” va “Blackburn” kabi klublarda ham o‘ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting