Euro-2028 o‘yinlari qaysi stadionlarda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Turnir Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
2028 yilgi Yevropa chempionati Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, "Kardiff" musobaqaning dastlabki o‘yinini qabul qiladi. Londondagi "Uembli" stadionida musobaqaning yarim final va final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Chorak final o‘yinlari "Uembli" va Kardiffdagi stadiondan tashqari, Dublin va Glazgodagi arenalarda ham o‘tkaziladi.
Shuningdek, turnir o‘yinlariga "Manchester City", "Tottenham", "Aston Villa", "Everton" va "Newcastle" stadionlari mezbonlik qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist