E'tibor Shodiyeva: Barchamiz g‘alaba qozonishga ishongan edik
E'tibor Shodiyeva (Bugungi o'yindagi dastlabki gol muallifi) o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: UFA
E'tibor Shodiyeva (Bugungi o'yindagi dastlabki gol muallifi) o'yindan keyin fikr bildirdi.
"Bugun o‘zgacha o‘yin bo‘ldi. Barchamiz g‘alaba qozonishga ishongan edik. Buni uddalay olganimizdan, murabbiylarimiz, rahbariyatimiz va, albatta, ota-onalarimiz bizga bildirgan ishonchni oqlay olganimizdan xursandmiz. O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman.
Nasib qilsa, Xitoyga qarshi o‘yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Ushbu o‘yinda ham g‘alaba qozonib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatidamiz".
Ibrohim Jalolov
Redaktor