Esxata jamoasi Bekobodda mehmon bo‘lishdi
"Metallurg" va "Esxata" jamoalari turli jabhalarda hamkorlik qilish borasida kelishib olishdi.
photo: Metallurg FK
Xabaringiz bor, 26 — 27-mart kunlari Tojikiston Respublikasi prezidenti rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘ldi.
O‘z navbatida, aynan mana shu tashrifga parallel ravishda "Metallurg" jamoasi Bekobodda Xo‘jand shahrining "Esxata" jamoasini qabul qildi.
Ikki qardosh davlatlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik, do‘stona aloqalar mustahkamlanayotgani hech kimga sir emas. Shu maʼnoda bu ikki mamlakat futbol jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi ana shu holatning mantiqiy davomi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qiziqarli ruhda o‘tgan o‘yin mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Shuningdek, "Metallurg" va "Esxata" jamoalari turli jabhalarda hamkorlik qilish borasida kelishib olishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor