locale OZ

ESPN P4P reytingini yangiladi: Usik hamon ikkinchi, Bivol top-10 ga qaytdi

Natijada Saul Alvares reytingdagi o‘rnini yoʻqotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ESPN P4P reytingini yangiladi: Usik hamon ikkinchi, Bivol top-10 ga qaytdi
FOTO: Getty Images

Amerikaning nufuzli ESPN portali vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) dunyoning eng yaxshi bokschilari yangilangan reytingini taqdim etdi.

Reytingning yangi talqinida mag‘lubiyatsiz ukrainalik bokschi Aleksandr Usik og‘ir vazndagi sobiq Glory chempioni, niderlandiyalik Riko Verxuven ustidan qozongan g‘alabasiga qaramay, ikkinchi pog‘onada qoldi. Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol esa germaniyalik Mixael Ayfertni mag‘lub etib, yana top-10 talikka qaytdi. Buning natijasida Saul Alvares reytingdagi o‘rnini yo‘qotdi.

ESPN talqiniga ko‘ra vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi (3 iyun holatiga):

  1. Naoya Inoue (33-0)
  2. Aleksandr Usik (25-0)
  3. Jessi Rodriges (23-0)
  4. Devid Benavides (32-0)
  5. Shakur Stivenson (25-0)
  6. Dmitriy Bivol (25-1)
  7. Devin Xeyni (33-0)
  8. Junto Nakatani (32-1)
  9. Jaron Ennis (35-0)
  10. Jey Opetaya (30-0)
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting