locale OZ

Eshli Koul APL tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi

Sobiq himoyachi ushbu roʻyxatga Lempardni kiritmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eshli Koul APL tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Chelsi» klubi sobiq himoyachisi Eshli Koul B/R Football’ga bergan intervyusida Angliya Premer-Ligasi bo‘yicha o‘zining ramziy jamoasini tuzdi.

Sobiq futbolchi jamoaga sobiq jamoadoshi Frenk Lempardni kiritmagan, ammo himoyachi Jon Terri va hujumchi Krishtianu Ronalduni eʼtirof etgan.

Eshli Koul versiyasiga koʻra APL ramziy jamoasi: Peter Shmeyxel, Kayl Uoker, Rio Ferdinand, Jon Terri, Patrik Evra, Roy Kin, Patrik Viyeyra, Eden Azar, Muhammad Saloh, Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldo.

Eshli Koul Angliyada «Arsenal», «Kristal Peles», «Chelsi» va «Derbi» klublarida o‘ynagan, faoliyatini esa Amerika «Los-Anjeles Gelaksi» klubida yakunlagan. Umumiy hisobda uning APL’dagi o‘yinlar soni 384 taga teng.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting