locale OZ

Erling Holand «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng chempionlik poygasi haqida gapirdi

Hozirda «Man Siti» APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Erling Holand «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng chempionlik poygasi haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi bahsdagi g‘alabadan (2:1) so‘ng, jamoasining chempionlik imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. «ESPN» nashriga bergan intervyusida norvegiyalik yulduz oltin medallar uchun kurash hali oldinda ekanligini ta’kidladi.

Holandning so‘zlariga ko‘ra, jamoa chempionlik poygasi mavsum yakuniga qadar davom etishiga ko‘p bor guvoh bo‘lgan. Hozirda hujumchi uchun asosiy vazifa — jismoniy holatini tiklash, jamoaviy tartibga qaytish va bor e’tiborini navbatdagi «Fulhem»ga qarshi uchrashuvga qaratishdir.

Joriy mavsumdagi natijalar haqida gap ketganda, Holand o‘zining sermahsulligini namoyish etishda davom etmoqda. 2026 yil hisobidan u hozircha raqiblar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi. Umuman olganda, 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ayni damda turnir jadvalidagi holat anchagina keskin ko‘rinish olgan. 25-tur yakunlariga ko‘ra, peshqadam «Arsenal» «Manchester Siti»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting