Erling Holand: «Bu mening uzoq yillik maqsadim edi»
Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand JCH-2026dagi ishtirokdan so‘ng jamoa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu mening uzoq yillik maqsadim edi. O‘ylaymanki, ushbu turnirdan keyin biz Norvegiyani futbol olamiga tanita oldik. Endi shu darajani saqlab qolishimiz kerak. Men jamoamiz bilan juda faxrlanaman.
Biz dunyoning eng buyuk milliy jamoalaridan biri bo‘lgan Braziliyani mag‘lub eta olishimizni isbotladik. Yakunda Angliyaga yutqazdik, ammo ularni jiddiy kurashishga majbur qildik. Balki hammasi boshqacha yakunlanishi ham mumkin edi.
Oldinda bizni yana Jahon va Yevropa chempionatlari kutmoqda. Menimcha, endi o‘zimizni haqiqatan ham namoyon etish vaqti keldi. Bizda ajoyib avlod shakllangan», — dedi Holand.