Erling Holand — APLning joriy mavsumdagi to‘purari
U 27 ta gol urdi.
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasida navbatdagi mavsum yakuniga yetdi.
Mavsumning eng yaxshi to‘purari “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand bo‘ldi. U 35 ta o‘yinda 27 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinni “Brentford” hujumchisi Igor Tiago egalladi — u 38 ta o‘yinda 22 ta gol urdi. Uchinchi o‘rin esa “Manchester Siti” futbolchisi Antonio Semenyo nasib etdi — u 37 ta bahsda 17 ta gol qayd etdi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Arsenal” 85 ochko bilan chempion bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” (78 ochko), uchinchi o‘rinni “Manchester Yunayted” (71 ochko) egalladi.