Erjan Tokotaev: «Bunday muhitda g‘alaba qozonganimiz va gol o‘tkazmaganimizdan xursandman»
“Qo‘qon-1912” uchrashuvida “Andijon” safida debyut o‘yinini o‘tkazgan darvozabon Erjan Tokotaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Debyutimni o‘tkazganimdan xursandman. Birinchi o‘yinimda o‘z maydonimizdagi bunday muhitda g‘alaba qozonganimiz va to‘p o‘tkazmaganimdan mamnunman.
Muxlislarga butun o‘yin davomida tinmay qo‘llab-quvvatlaganlari uchun rahmat. Seyvlarim haqida aytadigan bo‘lsam, zarbalar juda kuchli va og‘ir bo‘ldi. Lekin ularni qaytara oldim.
Jamoaga moslashish juda zo‘r bo‘ldi. Jamoadoshlarim ahil. Kirishib ketish qiyin bo‘lmadi.
Muxlislar — eng zo‘ri. Eng yuqori darajada ajoyib muxlislik qilishdi. Bizni qo‘llashda davom etinglar, eng yaxshi o‘yinlarimiz hali oldinda”, — deydi qirg‘izistonlik posbon klub matbuot xizmatiga.