Erik ten Xag “Bayer” murabbiyiga aylandi - Fabritsio Romano
FOTO: Getty Images
Gollandiyalik murabbiy Erik ten Xag 26-may, dushanba kuni “Bayer” bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, ten Xag, avval o'zi ishlagan “Ayaks”dan taklif bo'lganiga qaramay, Leverkuzen klubiga o'tishni afzal ko'rgan.
Ma'lumot uchun, 55 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi “Manchester Yunayted” bo'lgan. Ten Xag “qizil iblislar”ni 2022-yilning yozidan 2024-yilning oktyabrigacha boshqargan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist