locale OZ

Entoni Gordon: «Barselona» — sayyoradagi eng katta klub, bu bolalikdagi orzuim edi»

«Nyukasl»dan oʻtgan futbolchi oʻz hissiyotlarini ifoda etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Entoni Gordon: «Barselona» — sayyoradagi eng katta klub, bu bolalikdagi orzuim edi»
FOTO: Getty Images

«Barselona»ning yangi aʼzosi Entoni Gordon «Nyukasl»dan Kataloniya klubiga oʻtgani borasidagi dastlabki his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi. Ingliz vingeri koʻk-anorranglilar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi.

«Barselona»ning menga qiziqayotganini biroz kech eshitdim, biroq bu variant jiddiy ekanini tushunishim bilan menda hech qanday shubha qolmadi. Men doim shu yerda oʻynashni xohlaganman. Bu sayyoradagi eng katta klub. Ushbu transfer — bolaligimdan buyon orzu qilgan ishim edi», — deydi Gordon matbuot anjumanida.

Avvalroq berilgan xabarlarga koʻra, «zagʻizgʻonlar» direktorlar kengashi va klubning saudiyalik egalari kataloniyaliklarning 70 million yevrolik kafolatlangan taklifini qabul qilishgan. Bonuslar bilan birga transferning yakuniy qiymati 80 million yevrodan oshadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting