Enso Fernandes yetakchi: 2026-yil yozining eng qimmat 10 transferi
Yevropaning yetakchi chempionatlarida yozgi transfer oynasi yakunlandi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yozining eng qimmat transferi Enso Fernandesning “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga o‘tishi bo‘ldi. “Shaharliklar” argentinalik yarimhimoyachi uchun 145 million yevro to‘ladi.
Ikkinchi o‘rinni “Aston Villa”dan “Chelsi”ga 138 million yevro evaziga o‘tgan Morgan Rojers, uchinchi o‘rinni esa “Nottingem Forest”dan “Manchester Siti”ga 135 million yevroga ko‘chib o‘tgan Elliot Anderson egalladi.
Top-10 quyidagicha:
1. Enso Fernandes — “Chelsi” → “Manchester Siti”, €145 mln;
2. Morgan Rojers — “Aston Villa” → “Chelsi”, €138 mln;
3. Elliot Anderson — “Nottingem Forest” → “Manchester Siti”, €135 mln;
4. Yan Diomande — “RB Leypsig” → “Real Madrid”, €125 mln;
5. Bredli Barkola — PSJ → “Liverpul”, €125 mln;
6. Sandro Tonali — “Nyukasl” → “Tottenhem”, €108 mln;
7. Mateush Fernandesh — “Vest Hem” → “Tottenhem”, €99 mln;
8. Ayub Buaddi — “Lill” → “Manchester Siti”, €95 mln;
9. Savinyo — “Manchester Siti” → “Tottenhem”, €87,7 mln;
10. Bruno Gimaraes — “Nyukasl” → “Arsenal”, €87,5 mln.
Ma’lumot uchun, top-10dagi o‘nta transferning to‘qqiztasi APL klublari tomonidan amalga oshirilgan. Faqat Yan Diomandening “Real Madrid”ga transferi Angliya chempionatidan tashqaridagi klub hissasiga to‘g‘ri keladi.