locale OZ

Enso Fernandes “Manchester Siti”da 17-raqamda o‘ynaydi

Bu raqam “Manchester Siti” muxlislari uchun alohida ahamiyatga ega.
Enso Fernandes “Manchester Siti”da 17-raqamda o‘ynaydi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti”ning yangi futbolchisi Enso Fernandes jamoada qaysi raqam ostida to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. Klub rasmiy saytiga ko‘ra, argentinalik yarimhimoyachi 17-raqamli futbolkani tanlagan.

Bu raqam “Manchester Siti” muxlislari uchun alohida ahamiyatga ega. Avvalroq 17-raqamni klub afsonalaridan biri Kevin De Bryuyne o‘n yil davomida kiygan. Undan oldin esa Sun Jihai va Martin Petrov kabi futbolchilar shu raqam ostida maydonga tushgan.

25 yoshli Fernandes yozgi transfer oynasida “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Argentinalik futbolchi yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti” Fernandes transferi uchun “Chelsi”ga 145 million yevro to‘lagan. Shu tariqa argentinalik futbolchi yangi jamoasida De Bryuyne bilan bog‘liq ramziy 17-raqamni qabul qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting