Enrike Shevalening o‘yinini baholadi
“PSJ” yozgi transfer vaqtida uni “Lill” klubidan sotib olgan edi.
ФОТО: Getty images
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabonlar holati haqida fikr bildirdi.
Ispaniyalik mutaxassis asosiy darvozabonni o‘zgartirish niyatida emasligini ma’lum qildi.
"To‘g‘risi, Shevaledan juda mamnunman. Men uchun u eng yaxshi variantlardan biri.
Biz bir futbolchi bilan shartnoma imzolaganimizda, uzoq muddat o‘ylaymiz. Shevaleda xarakter bor — u allaqachon buni ko‘rsatgan va ko‘rsatishda davom etmoqda", – dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, “PSJ” yozgi transfer vaqtida uni “Lill” klubidan sotib olgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist