Endryus: «Siti»ga qarshi bahsga jiddiy yondashamiz”
Uchrashuv 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
"Brentford" bosh murabbiyi Kit Endryus Angliya Liga Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Dango va Frenk Afrika Millatlar Kubogiga ketdi, shuning uchun ikkalasining ham o‘rnini yopishga majburmiz.
Ris bu o‘yinda maydonga tushmaydi. Biz uning ahvolini ko‘rib chiqdik va bu kichik tavakkalchilik degan xulosaga keldik. Uning tez orada qaytishiga va biz uchun katta rol o‘ynashiga shubha qilmayman."
Bu bahsga jiddiy yondashamiz. Natija uchun kurashishga eng mos keladigan tarkibni tanlayman”, - dedi Endryus.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist