locale OZ

Endrik «Lion»ga o'tadi – manba

Endrik bu mavsumda La Ligada atigi 1 ta bahsda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik «Lion»ga o'tadi – manba
ФОТО: Getty images

“Real” vingeri Endrik faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradi.

Futbolchi “Lion” bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Klublar 19 yoshli futbolchini iyun oyigacha sotib olish huquqisiz ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Braziliyalik o‘yinchining ijarasi uchun 1 million yevro to‘lanadi. Endrikning maoshiga oid majburiyatlarning 50 foizini “Lion” o‘z zimmasiga oladi. Shartnoma yaqin ikki kun ichida imzolanadi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchi 29 dekabrga qadar “Lion” qarorgohiga yetib boradi. Biroq transfer rasman faqat 1 yanvar kuni — oynalar ochilgach kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun, Endrik bu mavsumda La Ligada atigi 1 ta bahsda maydonga tushdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting