Endi Mitten: \"\"Yunayted\" uchun futbolchilarni olib kelish unchalik qiyin emas\"
Futbol
Ibrohim Jalolov
Redaktor
PHOTO: Telegram
"O'tgan hafta "Old Trafford"da ijrochi direktor Omar Berrada bilan uchrashdim va undan "Yunayted" tanazzulga yuz tutayotgan klub sifatida qabul qilingani va Chempionlar ligasi futbolini taklif qila olmagani uchun yangi o'yinchilarni jalb qilish qanchalik qiyinligini so'radim".
"U bosh chayqadi va "Yunayted"ga o'tishni xohlagan futbolchilarni Yevropaning elita musobaqalarida o'ynagani uchun emas, balki klubga ishongani uchun olib kelishdan manfaatdor ekanini aytdi.
U bu unchalik qiyin emasligini va agar kimdir Chempionlar ligasida bo'lmagani uchun kelishni istamasa, "Yunayted" ularni baribir klubga olib kelmaydi.