locale OZ

Emery: \"Biz yaxshi o'ynadik va oxirigacha kurashdik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emery: "Biz yaxshi o'ynadik va oxirigacha kurashdik"
Photo: Getty Images

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emery "Manchester City"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yinning 94-daqiqasida Mateus Nunes “shaharliklar”ga g'alaba keltirgan golni urgandi.

"Afsuski, so'nggi daqiqalarda mag'lub bo'ldik, ammo yaxshi kurashdik va durangga yaqinlashgandik. “Manchester City” deyarli 90 daqiqa davomida ustunlik qildi, ammo biz ham kurashdik va yaxshi o'ynadik.

Bu o'yinni tahlil qilaman va kelgusi safargi o'yinlarda aynan qaerda xato bo'lganiga ko'proq e'tibor qarataman. Bir xil ruhda davom ettirishimiz kerak”, - dedi Emery.

Ma'lumot uchun, “Aston Villa” APLda 34 turdan keyin 57 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting