locale OZ

Emery \"Aston Villa\"ning asosiy maqsadini ma'lum qildi

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Emery "Aston Villa"ning asosiy maqsadini ma'lum qildi
Photo: Getty Images

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emery evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Maqsadimiz – evrokuboklarga yo‘llanma olish. Biz yana xalqaro turnirga chiqishni, unda o‘z omadimizni sinab ko‘rishni istaymiz. O‘tgan mavsumda biz EKLda o‘ynadik, bu mavsum CHLda ishtirok etdik. Kelgusi mavsumda esa biz uchala turnirdan birida ishtirok etish imkoniyatiga egamiz.

CHLda o‘ynash men uchun muhim hisoblanadi, lekin ayni vaqtda bu juda qiyin. Chunki oldinda turgan o‘yinlarimizda g‘alaba qozonishimiz va boshqa natijalarni ham inobatga olishimiz kerak”, – deydi Emery.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting