Emeri: «MYU»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun intilamiz»
Birmingem klubi turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "Manchester United"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APL o‘yini haqida fikr bildirdi.
“O‘ylaymanki, so‘nggi 30-31 yil ichida biz ularni o‘z uyimizda bor-yo‘g‘i 3 marta mag‘lub etdik, xolos.
Bu "Aston Villa" uchun ajoyib natija. Yakshanba kuni bizni qiyin bahs kutmoqda. Ular jadvalda bizdan ortda emas. Men har doim talabchan bo‘lishga harakat qilaman, raqobat va g‘alaba qozonishga intilamiz”, - dedi Emeri matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, “Aston Villa” Angliya Premer-ligasi jadvalida birinchi o‘rindagi “Arsenal”dan 3 ochkoga ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist