Emeri: \"Futbolchilar o‘yin rejimiga to‘liq amal qilishdi\"
Photo: Getty Images
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri APL 33-turidan o‘rin olgan “Nyukasl”ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Futbolchilar Chempionlar Ligasidan chiqib ketishga fantastik darajada munosabat bildirishdi. “Villa Park” bizni qo‘rg‘onimiz va bu yerda o‘zimiz kutgan darajada o‘yin ko‘rsatamiz. Muxlislarimiz bizni rag‘batlantiradi, turtki beradi. Bu esa bizga yordam vazifasini o‘tadi. Futbolchilar 90 daqiqa davomida o‘yin rejasiga to‘liq amal qilishdi. Shu ruhda davom etishni xohlaymiz”, - dedi Emeri.
Ma'lumot uchun, “Aston Villa” turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist