locale OZ

Emeri: «Bugun biz uchun soʻnggi imkoniyat deb oʻylamayman»

Dastlabki oʻyin "Nottingem" klubi foydasiga 1:0 hisobida yakunlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Emeri: «Bugun biz uchun soʻnggi imkoniyat deb oʻylamayman»
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi yarim finalining “Nottingem Forest”ga qarshi javob oʻyini haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Dastlabki oʻyin Nottingem klubi foydasiga 1:0 hisobida yakunlangandi.

“Bizda hozirgi yoki kelajak uchun yangi vazifalar qoʻyish imkoniyati boʻladi. Men bugun biz yoki boshqa birov uchun soʻnggi imkoniyat deb oʻylamayman. Oʻyinchilar, albatta, biz bosib oʻtayotgan jarayondan zavqlanishmoqda. Ular futbolning qiyinchiliklarini anglab turishibdi, ammo biz bu yerda, “Aston Villa”da soʻnggi uch yil ichida boshdan kechirayotgan ajoyib damlarni hisobga olsak, biz tabassum qilishimiz va barcha narsadan faxrlanishimiz mumkin.

Ammo, albatta, biz qilayotgan har bir ishimizda hamon juda va juda talabchanmiz, juda va juda izchil harakat qilamiz. Bu bizning fikrlash tarzimizga, jarayonimizga, barcha narsaning yaxshilanib borishiga hech qanday putur yetkazmaydi”, — dedi Emeri matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting