locale OZ

Elyor Rahmatullaev: «Bu o‘yindagi g‘alaba bizga juda zarur edi»

"Andijon" murabbiyi "Bunyodkor"ga qarshi bahs haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elyor Rahmatullaev: "Bu o‘yindagi g‘alaba bizga juda zarur edi"
Фото: Андижон ПФК

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Andijon" murabbiyi Elyor Rahmatullaev qatnashdi.

- Bu o‘yindagi g‘alaba bizga juda zarur edi. Buni uddaladik. Endi kelasi yilga qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz. Bunday vaziyatga boshqa tushmaslikka harakat qilamiz.

- "Andijon"ning mavsum davomidagi ishtiroki haqida to‘xtalsangiz. Barqaror o‘tmadi, ikkita murabbiy almashti. Sal qolsa pley-offga ham tushib ketishi mumkin edi.

- Mavsum bizga og‘ir keldi. Aleksandr Xomyakov va Maksim Shatskixni ham mehnatlari bor. Ular ham yomon natija qilishmadi. Bizning shu holatga kelishimizga asosan o‘zimiz sababchimiz.

- Chempionat tugadi. Oradagi uch haftalik tanaffusdan keyin jamoa OCHL guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Bu vaqt ichidagi rejalar qanday?

- Yigitlarga biroz dam beramiz. Shundan so‘ng o‘z qarorgohimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boramiz.

- Bugungi g‘alabaning asosiy omili nimada deb o‘ylaysiz?

- Futbolchilarga yaxshilab tushuntirildi: oxirgi o‘yin va barcha birdamlikda harakat qildi. Shuningdek, bizga so‘nggi kunlarda qiyin vaziyatdan chiqishimizga Samvel aka Babayan ham katta yordam berdi. Tez orada jamoamiz matbuot xizmati tomonidan rasmiy e'lon qilinadi. Bundan tashqari, shu paytgacha ishlagan boshqa murabbiylarga ham rahmat aytaman, ularning ham mehnatlari bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting