Elye Vai «Nitsa»ga oʻtishga rozilik berdi — manba
Germaniyaning «Ayntraxt» klubi hujumchisi Elye Vai «Nissa»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.
Futbolchi nemis jamoasi safida o‘zini ko‘rsata olmadi va fransuz klubida faoliyatini qayta tiklashni maqsad qilgan. Vai allaqachon «Nissa»ga o‘tishga rozilik bildirgan, endi esa klublar o‘rtasida kelishuvga erishish qolmoqda.
Fransiya klubi rahbariyati hozircha qimmat transferlar amalga oshirishni rejalashtirmayotgani sabab, tomonlar ijara variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Hujumchi joriy yilning yanvar oyida «Marsel»dan «Ayntraxt»ga 26 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon u Frankfurt klubi safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylangan.
Vai bilan «Ayntraxt» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt bahosiga ko‘ra futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.