locale OZ

Elit OChL. «Traktor»dan durang, Hamrobekov to‘liq harakat qildi

Osiyo bo‘ylab 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OChL. «Traktor»dan durang, Hamrobekov to‘liq harakat qildi
Фото: Трактор

OFK Elit Chempionlar ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Traktor" hamda "Al Vahda" o‘rtasidagi bahs ham yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi. “Traktor” birinchi turda ham durang qayd etgandi. O‘sha vaqtda ular "Shabab Al Ahli" mehmoni bo‘lgandi.

Eronliklar sharafini himoya qilayotgan Odil Hamrobekov ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq o‘ynadi.

Elit Osiyo Chempionlar ligasi “G‘arb” mintaqasida 2-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Avvalroq “Nasaf” klubi Qarshida “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynab, 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting