Elit OCHL. «Traktor» ilk ochkosini oldi, Hamrobekov to‘liq o‘ynadi
Elit OCHL. «Traktor» ilk ochkosini oldi, Hamrobekov to‘liq o‘ynadi
Amaldagi chempion esa safarda g‘alaba qozondi.
OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur davom etmoqda.
G‘arb mintaqasida «Traktor» (1, 11-o‘rin) Qatarning «Ash Shamal» (2, 9-o‘rin) klubi bilan nursiz durang qayd etib, ilk ochkosini oldi.
Tabrizliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamrobekov to‘liq harakat qildi.
Yana bir o‘yinda turnirning amaldagi chempioni «Al Ahli» (4, 1-o‘rin) safarda «Al Vasl»dan (0, 14-o‘rin) ustun keldi.
Elit OCHL. 2-tur. 12 oktyabr
Traktor — Ash Shamal 0:0
Traktor — Jafari, Ismoilifar (Muharrami, 88), Faraji, Xalilzoda, Nodiri, Husayni (Shiri, 46), HAMROBЕKOV, Xalilovich (Fazeli, 88), Zakipur (Karimazar, 82), Mug‘anlu (Shtrkal, 67), Husaynzoda.
Al Vasl — Al Ahli 1:3
Gollar: Maleyru (45+3) — Ibanes (20), Trinkau (58), Alburaykan (90+1).