locale OZ

Elit OCHL. «Nasaf»ning bugungi raqibi «Ash-Shorta» haqida

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Elit OCHL. «Nasaf»ning bugungi raqibi «Ash-Shorta» haqida
ФОТО: Getty images

9 fevral kuni "Nasaf" klubi OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 7-turi doirasida Iroqning "Ash-Shorta" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.

"Ash-Shorta" jamoasi 94 yillik tarixga ega. Klub 1932 yili Bag'dod shahridagi politsiya maktabi direktori Mudhaffar Ahmad tomonidan tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Police team" (politsiya jamoasi) degan nom berilgan.

"Ash-Shorta" o'z uy uchrashuvlarini Bag'dod shahridagi "Ash-Shorta" stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon 10 mingdan ziyod muxlisni sig'dira oladi.

Jamoa Iroq chempionatining 8 karra g'olibi, Iroq Superkubogining 2 karra sohibi va 1 karra Federatsiya kubogi egasi hisoblanadi.

"Ash-Shorta" shu vaqtgacha OFK Elit chempionlar ligasi (sobiq Osiyo chempionlar ligasi) musobaqasida jami 34 ta o'yin o'tkazgan. 3 ta o'yinda g'alaba qozongan, 23 ta o'yin bag'dodliklarning mag'lubiyati bilan yakunlangan. 8 ta baxsda esa durang natija qayd etilgan.

Jamoani ayni paytda 52 yoshli misrlik mutaxassis Moamen Soliman boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis o'z vaqtida "Zamalek", "Al Quwa Al Jawiya", "Al-Ittihod" Tripoli kabi klublarda faoliyat olib borgan. Shuningdek, qisqa vaqt Misrning 17 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ishlagan.

Uning boshqaruvida "Zamalek" klubi 2016 yil Misr kubogini qo'lga kiritdi. "Ash-Shorta" jamoasi esa 3 karra Iroq Yulduzlar ligasida tengsiz bo'ldi. Shuningdek, jamoa 1 martadan Iroq Superkubogi va Federatsiya kubogida zafar quchdi.

Jamoa tarkibida ayni vaqt Husayn Ali, Manaf Yusuf, Ahmad Yahyo, Mustafo Sadun, Ahmad Basil kabi Iroq milliy terma jamoasi futbolchilari to'p surmoqda. Shuningdek, Mutez Zaddem, Mahmud Al Mavas, Buli Sambu, Leonel Ateba, Abdul Majid Mumuni, Dominik Mendi kabi mahoratli legioner futbolchilar ham ayni vaqtda ushbu jamoada faoliyat olib bormoqdalar.

Eslatib o'tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" — "Ash-Shorta" o'yini 9 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Farg'ona shahrida joylashgan "Istiqlol" stadionida, soat 18:45 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting