Elit OChL. «Nasaf» Iroq klubiga qarshi durang o‘ynab, turnirdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Rahmatov "ajdarlar"ning yagona goliga mualliflik qildi.
Фото: Насаф ФК
Elit Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarshining “Nasaf” klubi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Iroqning “Al-Shorta” klubiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. “Ajdarlar”ning yagona goliga Murod Rahmatov mualliflik qildi.
Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari turnirdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritib, umumiy turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Elit OChL. 7-tur
"Nasaf" – "Al Shorta" (Iroq) 1:1
Farg‘ona. "Istiqlol" stadioni. 18:45
Gollar: Murod Rahmatov 8 - Sharif Abdulhakim 68.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist