locale OZ

Eldor Shomurodovning supergoli JCH–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topildi

FIFA so‘rovnomasida o‘zbekistonlik hujumchi eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodovning supergoli JCH–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli gol deb topildi
photo: gettyimages

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli eng chiroyli deb topildi.

31 yoshli forvard o‘yinning 10-daqiqasida jarima maydoniga oshirilgan to‘pga yetib borib, o‘tkir burchak ostida turganiga qaramay, to‘pni parashyut uslubida raqib darvozaboni ustidan oshirib tashlagan va hisobni ochgan edi.

FIFA bu vaziyatga shunday baho berdi: «Santimetrigacha aniq hisoblangan va mukammal ijro etilgan bu gol O‘zbekistonning jahon chempionatidagi debyutining eng yorqin lahzasi bo‘ldi».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi guruhda 4-o‘rinni egalladi va turnirni tark etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting