locale OZ

Eldor Shomurodov “Roma”da yangi bosqichni boshlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov “Roma”dagi faoliyatini yangi bosh murabbiy — Jan Piero Gasperini qo‘l ostida davom ettiradi. Murabbiy almashinuvi hujumchi uchun yangi imkoniyatlar hamda bir qator sinovlarni taqdim etadi — ayniqsa, 2026 yilgi jahon chempionati arafasida.

Agar jamoa boshqaruvida Klaudio Raneri qolganida, Shomurodovning pozitsiyasi mustahkamroq bo‘lardi. Aynan Raneri uning o‘yiniga ishonch va barqarorlik qaytargandi: o‘tgan mavsum Eldor 37 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 5 golli uzatma muallifi bo‘ldi. Ammo Ranerining ketishi bilan uning o‘rnini o‘z uslubiga ega va raqobatni qadrlaydigan mutaxassis — Gasperini egalladi.

Shomurodovning o‘zi esa bundan chekinayotgan yo‘q:
— Gasperinidan ham, og‘ir mashg‘ulotlardan ham qo‘rqmayman. Jismoniy jihatdan to‘liq tayyorman, — dedi Eldor intervyuda.

Endi barcha e’tibor uning o‘rnini qanday saqlab qolishi va mavsum boshida qanday o‘yin ko‘rsatishiga qaratiladi. Muvaffaqiyatli start unga klubda o‘z mavqeini mustahkamlash, terma jamoada esa yanada muhim figuraga aylanish imkonini beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting