Eldor Moyliev: \"Mashal\" bilan ochiq futbol namoyish etgandik, bugun esa yopiq futbolni tanladik\"
Mezbonlar bosh murabbiyi Paxtakor bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
photo: Sho'rtan FK
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Paxtakor" (0:0) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev fikr bildirdi.
"Paxtakor" kuchli jamoa ekanini hamma biladi. Shu bois ularga qarshi yopiq futbol namoyish etdik. Tartibli himoyalandik, hujumda esa biroz omadimiz kelmadi.
Mashal" bilan ochiq futbol namoyish etgandik, bugun esa yopiq futbolni tanladik. Ko'p uchrashuvlarda o'z xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz. Ko'pincha yigitlar bunga tayyor bo'lmay qolyapti. Yopiq futbol o'ynash osonroq, lekin doim ham buni tanlay olmaymiz",-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor