Elbek Samatov «Andijon» klubi sport direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi
U jamoada bosh direktor lavozimida ishlab kelayotgandi.
Фото: Андижон ПФК
“Andijon” futbol klubining ravnaqi yoʻlida sadoqat va matonat bilan mehnat qilgan bosh direktor Elbek Samatov yangi mavsumdan eʼtiboran sport direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
Elbek Abdurauf oʻgʻli 2023-yilning 31-oktyabr sanasida bosh direktor lavozimida ishga kirishdi va uning boshchiligida “Burgutlar” tarixda ilk marotaba Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritdi.
Klubning infratuzilmasi, uning brendini oshirishda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi va muxlislarning ham eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist