Ekvador darvozaboni Messining bolaligidagi laqabini oshkor qildi
«Uragan» klubi va Ekvador milliy jamoasi darvozaboni Ernan Galindes «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining bolaligida qanday laqab bilan atalganini so‘zlab berdi.
«U «Abanderado Grandoli» klubida o‘ynardi, u mening uyim va bobom bilan buvimning uyi yaqinida edi. Shu yerda biz tanishdik. Aslida, darvozabon sifatida eslab qolgan birinchi golim aynan unga tegishli. U beshta jamoadoshini, shu jumladan meni ham aldab o‘tdi.
Uni doimo «10-raqam ostida o‘ynaydigan sochlari qizilroq bola» deb atashardi. Agar siz buni eshitgan bo‘lsangiz, demak siz allaqachon 0:3 hisobida yutqazgansiz», — deya Galindes so‘zlarini keltiradi Marca.
Ushbu laqab Messining sochlari tufayli paydo bo‘lgan. Bolaligida futbolchining sochlari qizil rangga yaqin soyaga ega bo‘lgan.