locale OZ

Ekspert hakamlar qo‘mitasi “Dinamo” - “Surxon” o’yinida ishlagan hakamlar faoliyatini tahlil qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ekspert hakamlar qo‘mitasi “Dinamo” - “Surxon” o’yinida ishlagan hakamlar faoliyatini tahlil qildi
PHOTO: Telegram

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan “Dinamo” — “Surxon” uchrashuvining 74-daqiqasida “Surxon”ning hisob tenglashtiruvchi goli ofsayd sabab bekor qilindi.

Ushbu vaziyatda yordamchi hakam “Dinamo” himoyachisi bilan to‘p uchun kurashgan futbolchi ofsayd holatida ekanini qayd etgan. VAR orqali vaziyat tekshirilganda tasvirlar yetarli bo‘lmagani va kerakli rakurslar tanlanmagani sababli ofsaydni aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

O‘yindan so‘ng har ikki jamoa operatorlari tomonidan olingan texnik tasvirlar orqali ham vaziyatni aniq baholash imkoni bo‘lmagan.

Ekspert hakamlar qo’mitasi qaroriga ko’ra, bu vaziyatda yordamchi hakam ko‘rsatmasiga tayanib qaror qabul qilingan va u o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting