locale OZ

Ekspert hakamlar guruhi tomonidan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar boʻyicha maʼlumot berildi

Ushbu o'yinda bir nechta bahsli holatlar qayd etilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ekspert hakamlar guruhi tomonidan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar boʻyicha maʼlumot berildi
photo: UzFHM

Superliganing 21-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Neftchi” jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda bir nechta bahsli holatlar qayd etildi.

Oʻyinning 23-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi toʻp uchun kurashmayotgan vaziyatda raqib oʻyinchisining yuziga ataylab, tirsagi bilan tajovuzkor tarzda zarba berdi. Bosh hakam ushbu holat bo'yicha VAR hakami yordamida toʻgʻri qaror chiqarib, qoida buzgan futbolchiga qizil kartochka koʻrsatgan holda maydondan chetlatdi.

Ikkinchi holat oʻyinning 45+10-daqiqasida sodir boʻldi. Unda “Neftchi” futbolchisi toʻpga egalik qilish uchun kurashayotgan, toʻpga oʻynayotgan, raqibi tomoniga qoʻlini qoʻyayotgan paytda “Paxtakor” futbolchisining yuziga tegib ketdi. Ushbu vaziyat uchun bosh hakam “Neftchi” futbolchisiga sariq kartochka koʻrsatmay notog'ri qaror qabul qildi.

Oʻyinning 45-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisiga “Neftchi” himoyachisi tomonidan jarima maydonchasi ichida qoʻpollik ishlatildi. Bu vaziyatda “Neftchi” futbolchisi raqibi boshqa yoʻnalishda harakatlanayotganiga qaramay, oyogʻini koʻtarib, qoʻpol tarzda harakat qildi va “Paxtakor” futbolchisining yiqilishiga sabab boʻldi. Bosh hakam bu holatda toʻgʻri qaror chiqarib, “Neftchi” darvozasiga penalti belgiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting