EKL saralashi. «Bashakshehir» safarda «Viking»ni mag‘lub etdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi
Photo: Getty Images
Konferensiyalar ligasi ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi "Viking" - "Bashakshehir" dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda turk klubi 1:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 59-daqiqada Istanbul klubi safida zaxiradan maydonga tushdi.
Bir haftadan keyin jamoalar Turkiyada javob uchrashuvini o‘tkazishadi.
"Viking" - "Istanbul Bashakshehir" 1:3
Gollar: Sander Svendsen (2) - Deniz Turuch (60), Kristofer Operi (79), Davi Zelke (90).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist