EKL saralashi. \"Başakşehir\" \"Viking\" bilan durang o‘ynadi. Shomurodovdan assist
Photo: Getty Images
Yevropa Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichi doirasidagi bahsda Turkiyaning "Başakşehir" klubi Norvegiyaning "Viking" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvdagi hisob 34-daqiqada ochildi. "Başakşehir" himoyachisi Onur Bulut avtogol muallifiga aylandi va "Viking" hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq oradan 6 daqiqa o‘tib, Eldor Shomurodovning aniq uzatmasidan so‘ng Devi Zelke javob golini kiritdi — 1:1.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Yevropa Konferensiyalar Ligasi
Saralash uchrashuvi
"Başakşehir" — "Viking" 1:1 (dastlabki o‘yin — 3:1)
Gollar: 0:1 — Bulut (34, avtogol), 1:1 — Zelke (40)
Bahrom Bobonov
Redaktor